16:24 / 18.02.2022
972

Prezident: «Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi»

Prezident: «Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari tumandagi «Do‘stlik» mahallasiga borgan va mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda yoshlar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbatlashgan.

«Men nima uchun Yangihayot tumaniga ko‘p tashrif buyuryapman? Avvalo, shu yerni obod qilib olishimiz kerak. Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi. Endi bu yerlarni rivojlantirishimiz kerak», — deydi prezident.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar yetakchisi bilan suhbatda undan qancha fuqaroning ishsizligi va amalga oshirgan ishlari haqida so‘ragan. Uning bergan javobiga ko‘ra, «Do‘stlik» mahallasining harbiy xizmatga borishni niyat qilgan yoshlari, mart oyida bir hafta davomida, poligonga borishni rejalashtirgan.

Shuningdek, mahallada 40 nafar yoshlar IT-sohasiga qiziqish bildirayotgani aytilgan. Shavkat Mirziyoyev uyushmagan yoshlarni sportga va kasblarga qiziqtirish bo‘yicha topshiriqlarini bergan.

Eslatib o‘tamiz, Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil sentabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan. Ma’lumot uchun, Yangihayot tumani maydoni poytaxt va Toshkent viloyatidagi 6 tuman hududi hisobiga kengaytirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi»