Sergelida shirkat mansabdorlari 193 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi

Sergeli tumanida aholidan kommunal xizmatlar uchun undirilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida tumandagi «S.Sh.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati mansabdor shaxslari aholidan uy-joy kommunal xizmati uchun yig‘ib olingan 193 million so‘m naqd pullarni shirkatning bankdagi hisob raqamiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Ma’lum qilinishicha, departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida tumandagi «S.Sh.» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati mansabdor shaxslari aholidan uy-joy kommunal xizmati uchun yig‘ib olingan 193 million so‘m naqd pullarni shirkatning bankdagi hisob raqamiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.































Izohlar 0
…