1 018
Samarqandda raqqosasini Turkiyaga sotib yuborishga uringan otarchi ayol 3 yilga qamaldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida ikki fuqaroni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lgan ayolga nisbatan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Sudlanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, jabrlanuvchi sifatida so‘roq qilingan ayol bilan oldindan tanish bo‘lib, ular birgalikda oshxonalarda ishlagan, to‘ylarda xizmat qilgan. Navbatdagi suhbatlarning birida raqqosa xorijga ketish istagi borligini ma’lum qilgan. Qo‘shiqchi esa Turkiyada fohishalik qilayotgan tanishi orqali uni ham chetga chiqib ketishiga yordam berishi mumkinligini aytgan.
Kelishuvga ko‘ra, Turkiyadagi asli xorazmlik bo‘lgan shaxs ayollarning har ikkisiga aviachipta uchun 700 dollardan, xarajatlari uchun 100 dollardan pul yuborgan. Ammo qizlar Turkiyaga yetib borgach, «ishni pishitgan» opasiga yuqoridagi pullardan tashqari yana 1000 dollar ishlab berishi kerak bo‘lgan.
«Hammadan kechirim so‘rayman, bunaqa jinoiy ish qilayotganimni bilmagandim», — deydi ayblanuvchi.
Sud ayollarni Turkiyaga jinsiy qullikka sotmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishiga qonuniy baho bergan. Unga ko‘ra, ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 2-qismi «b, e» bandlaridagi jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi