
Foto: «E-auksion.uz»
17 fevral kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan hovli kimoshdi savdosida sotildi. Lot auksionga MIB bo‘limi tomonidan joylashtirilgan edi.
2016 yilda qurilgan hovlining maydoni 437,20 kvadrat metr. Umumiy maydon — 0,06 gektar. Lotning boshlang‘ich bahosi 5,5 mlrd so‘m edi, lekin auksion natijasi bo‘yicha ikki barobar arzon — 2,7 mlrd so‘mga sotilgan.
«Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» DUK matbuot xizmati xabar berishicha, hovli narxni tushirib borish tartibi bilan sotilgan. Kimoshdi savdosi 8 soat davom etgan. Hozirda hovlini sotib olgan auksion g‘olibi tomonidan faqat zakat puli — 276 mln so‘m to‘langan.
ToshkentYakkasaroyHovli SotildiKimoshdi SavdosiAuksion NatijasiElektron Auksion O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar