Kadr: Telegram
Toshkentda bundan 19 yil avval sodir etilgan jinoyat fosh etildi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilingan.
Ta’kidlanishicha, jinoyat 2003 yil 10 yanvarda sodir etilgan. Uchtepa tumaniga qarashli ko‘p qavatli uylarning birida yolg‘iz o‘zi yashovchi 56 yoshli rus millatiga mansub ayolning murdasi tan jarohatlari bilan qonga belangan va boshiga sellofan paket kiygizib ketilgan holda topilgan.
«Hodisa joyiga yetib kelgan tezkor tergov guruhi a’zolari tomonidan xonadon ko‘zdan kechirilganda, xonadonga kirish eshigi kaliti tashqi tomonda qoldirilgani, xonadonda gaz isi to‘planib qolgani hamda uyda mavjud gaz jo‘mraklari ochiq holda qoldirilgani aniqlangan», — deydi Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi Davron Egamberdiyev.
O‘sha vaqtda olib borilgan tezkor surishtiruv va tergov harakatlari davomida xonadon egasining qasddan o‘ldirilgani bo‘yicha hodisa joyidan spirtli ichimlik shishalari, sigareta qoldiqlari va ulardan olingan qo‘l-barmoq izlari hamda yuvinish xonasidan erkaklar uzugi topilgan. Ammo 19 yil davomida bu barmoq izlari kimga tegishli ekanligi noma’lum bo‘lib qolgan.
«Ish hujjatlariga ko‘ra, jabrlanuvchi bir o‘zi istiqomat qilgani va uning huzuriga kelib ketuvchilar haqida ma’lumot bo‘lmagani tufayli jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksning 364-moddasi 1-bandi 1-qismiga asosan harakatdan to‘xtatilgan», — deydi tergovchi.
2021 yilning 9 noyabriga kelib, o‘sha vaqtda olingan uch barmoq izlari Toshkent shahar IIBB ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan aynan kimga tegishli ekani aniqlangan.
Aniqlanishicha, 1998 yilda sobiq Akmal Ikromov (hozirgi Uchtepa) tumanida davlat tashkilotlaridan birida mas’ul lavozimda ishlagan fuqaro mazkur idora binosida joylashgan boshqa tashkilot xodimasi, 1947 yilda tug‘ilgan ayol bilan tanishib qolgan. U pul evaziga ayolning uyida fohisha ayollar bilan uchrashib yurgan va uyning egasi bilan ham jinsiy aloqada bo‘lib kelgan.
«O‘tirib ozgina ichdik, u mendan qarzga 300 dollar so‘radi. Qizimning oldiga Rossiyaga ketaman, deb aytdi. Berolmayman, deb aytganimdan keyin ‘shantaj’ qilishni boshladi. Men oilangni bilaman, uyingni bilaman, deb baqirib ketdi. Men uni tinchlantirib, hozir 100 dollar topib berishim mumkin, deb aytdim, u ko‘nmadi. Eshikni yopib, hozir topib berasan, deb baqirishni boshladi. Qo‘limga nima ilinganini bilmayman, kayfim zo‘r edi, qolaversa, asabim buzildi, boshiga qattiq urdim», — deydi jinoyatchi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu zarba oqibatida ayolning vafot etmaganini bilgach, ayblanuvchi sellofan paket bilan uning bosh qismini yopib, qo‘llari bilan yuzi va boshiga ko‘plab tan jarohatlari yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng o‘zi tomonidan sodir etilgan o‘ta og‘ir jinoyatni yopish maqsadida xonadonda mavjud gaz jo‘mraklarini ochiq qoldirib, voqea joyidan yashiringan.
Dastlabki tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) hamda 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi bilan ayb e’lon qilinib, jinoyat-protsessual kodeksi 388-moddasi tartibida sudga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi