14:38 / 23.02.2022
1 467

«Galstukni yechib, ishlash payti keldi» – prezident tadbirni galstuksiz o‘tkazmoqda

«Galstukni yechib, ishlash payti keldi» – prezident tadbirni galstuksiz o‘tkazmoqda
Foto: Times
Mo‘ynoq Qoraqalpog‘istonning tashrif qog‘oziga aylanishi kerak. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Mo‘ynoqqa Toshkent viloyati tomonidan 32 mlrd mablag‘ ajratildi. Men yana qo‘shimcha 40 mlrd berishga tayyorman. Agar zarur bo‘lsa, yana ajrataman. Bu to‘g‘ridan to‘g‘ri pullar, yana investitsion mablag‘lar ham bor. Mana, bolalarimizga bepul ovqatlantirishni yo‘lga qo‘ydik. Ovqatlanyaptimi bolalarimiz?” - dedi prezident.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev bunga javoban shunday dedi: “Ha, ayni paytda 142 ming nafar bolalarimiz bepul ovqat bilan qamrab olindi. Hatto uylariga ham olib ketishyapti”.

Mayli, uyiga olib ketsa ham. Yesa, sog‘lig‘i tiklansa bo‘ldi. Xudo xohlasa, pulimiz ko‘paysa, uylariga ham qilib beramiz. Bu ham Qoraqalpog‘istonga xos tajriba bo‘ldi, endi boshqa viloyatlarda yo‘lga qo‘yamiz. Nasib qilsa, asta-sekin yuqori sinflarga ham yo‘lga qo‘yamiz”, dedi prezident.

Qayd etilishicha, Mo‘ynoq Qoraqalpog‘istonning tashrif qog‘oziga aylanishi kerak.

Shuncha yil Nukusga kelib qarsak chalib ketaverdik, lekin Mo‘ynoqda o‘zgarish bo‘lmadi. Minbarlardan turib, 30 yil “Orol, Orol” dedik. Lekin birorta vallamatning o‘zi kelib Orolni o‘z ko‘zi bilan ko‘rmadi. Endi bunday bo‘lmaydi, galstukni yechib, ishlash payti keldi”, – dedi prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Galstukni yechib, ishlash payti keldi» – prezident tadbirni galstuksiz o‘tkazmoqda