
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 25.04.2019 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor B.Shermatovdan undiruvchi G.Shermatova foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Davlatobod tuman bo‘limi ish yurituviga 31.05.2019 yilda kelib tushgan va shu kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23 va 86-moddalariga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor B.Shermatovdan undiruvchi G.Shermatovaga farzandi Sh.Jo‘rabayeva va A.Jo‘rabayevning voyaga yetgunlariga qadar 15.000 (o‘n besh ming) AQSH dollari miqdorida aliment puli undirib berilishi ta’minlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar