14:00 / 24.02.2022
901

Qarzdorlikdan bo‘yin tovlab qochib yurganlar qidiruv tadbirlari natijasida topilmoqda

Qarzdorlikdan bo‘yin tovlab qochib yurganlar qidiruv tadbirlari natijasida topilmoqda
Fuqaro E.Bo‘tayorov Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 2018 yildagi sud buyrug‘iga asosan 1 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashi lozim edi. Qarzdor dastlab 2 oylik aliment pullarini to‘lagan, ammo undan keyin davlat ijrochisining ogohlantirishlariga qaramasdan aliment pullarini to‘lamasdan kelgan. Davlat ijrochisi uyiga bir necha marotaba borganidan so‘ng, u qochib yurishni eng ma’qul yo‘l deb hisobladi.

Qarzdorga nisbatan Byuroning Nishon tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 28 yanvar kuni qidiruv e’lon qilingan bo‘lsa, boshqarmaning qidiruv sho‘’basi xodimlari sa’y-harakati bilan E.Bo‘tayorov 12 fevral kuni Chiroqchi tumanidan topildi.

Jazo muqarrarligi ta’minlanib, 35 mln. so‘m aliment qarzdorligini to‘lamagan E.Bo‘tayorovga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlikdan bo‘yin tovlab qochib yurganlar qidiruv tadbirlari natijasida topilmoqda