Foto: Navoiy viloyati IIB
Joriy yilning 12 fevral kuni Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida sodir bo‘lgan holat na axloq odob, na insoniylik tamoyillariga mos kelmaydi, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, markazda Nevrologiya bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan K.R tibbiyot xodimiga noloyiq xatti-harakatlarni sodir etib, o‘z shahvoniy hirsini qondirish maqsadida bo‘limda davolanish uchun yotgan ikkinchi guruh nogironi G.I.ning onasi T.L.ni farzandining davolanganligi bo‘yicha bir yarim oy davomida kasallik varaqasi(ko‘chirma)ni bermasdan kelayotganligi, qarshiligiga qaramasdan kasallik varaqasini berish uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelgan.
«Nafs va hirs yo‘liga kirgan shifokor qing‘ir maqsadini amalga oshirolmadi. 2022 yilning 12 fevral kuni Navoiy viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Navoiy shahar Guliston-2 MFY 2-uyning beshinchi qavatidagi raqamsiz xonadonga K.R o‘zi bilan T.L ni olib kirgan vaqtida ushlandi», deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 121-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi