
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent viloyati Piskent tumanida fuqarodan olgan qarzi o‘rniga qalbaki dollar bergan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida B.K. ismli shaxs va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.R.dan olgan qarzi evaziga qalbaki 3,2 ming dollar bergani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar