12:21 / 28.02.2022
1 785

XTV Toshkentdagi maktab oʻquvchilariga qizil boʻyinbogʻ taqdirilganiga izoh berdi

XTV Toshkentdagi maktab oʻquvchilariga qizil boʻyinbogʻ taqdirilganiga izoh berdi
Foto: XTV matbuot kotibi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 283-sonli maktab oʻquvchilariga qizil galstuk taqdirilgani mavzusi keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi mazkur holatga izoh berdi.

Ma'lum qilinishicha, maktab ma'muriyati maktabning bugungi ochilish marosimiga ota-onalar bilan kelishgan holda boshlangʻich sinflarga qizil rangli erkaklar boʻyinbogʻini, katta sinflarga koʻk ranglisini taqishni tanlagan.

Foto: XTV matbuot kotibi
Qolgan kunlari maktab boʻyinbogʻ taqishni talab qilmagan, oq koʻylak, toʻq koʻk shimda kelishi zarurligi aytilgan.

«Mazkur masalani siyosiy tus bermaslikni soʻraymiz», — deyiladi izohda.

Foto: XTV matbuot kotibi
2021 yilning iyulida Xalq ta'limi vazirligi oʻquvchi qizlarning maktabga hijobda borishlari mumkinligi haqidagi savollarga munosabat bildirib, xalq ta'limi vazirining 2020 yil 28 maydagi 131-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan maktablarning ichki tartib va odob-axloq qoidalarining 8-bandiga koʻra oʻquvchilar belgilangan maktab formasida kelishlari shartligini eslatgandi. 2021/2022-oʻquv yilidan boshlab oʻquvchi qizlarning maktabga roʻmol oʻrab kelishiga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat