
Bugungi kunda Byuro organlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda. Bu o‘z esa samarasini bermoqda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 2010 yil 20 sentabrdagi ijro varaqasiga asosan P.M.dan undiruvchi Q.N. foydasiga bir nafar farzandi uchun aliment undirish belgilangan.
Majburiy ijro byurosi Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorga aliment to‘lovlariga befarqlik bilan qarash, voyaga yetmagan farzandni ta’minotsiz qoldirish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘lishi haqida tushuntirilgan.
Olib borilgan targ‘ibot tadbirlari samara berib, qarzdor ota tomonidan 40 oy davomida to‘lanmasdan kelingan 25 mln. 455 so‘m qarzdorlik undirildi.
Aliment To'lovlariQarzdor OtaMajburiy IjroTarg'ibot TadbirlarFuqarolik IshlariUrganch Tumanlararo Sud O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar