
Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoevga Yaponiya hukumatining Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni topshirildi. S.Safoev mukofotni Yaponiyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyamadan qabul qilib oldi.
Tantanali marosim Oʻzbekiston hamda Yaponiya oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjuman doirasida uyushtirilgan.
Avval xabar berganimizdek, 2021 yil 3 noyabr kuni Yaponiya hukumati e'lon qilgan Imperator ordeni bilan taqdirlangan xorijliklar roʻyxatidan Sodiq Safoev ham oʻrin olgan edi.
Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni Yaponiyaning nufuzli va qadimiy davlat mukofoti boʻlib, u yuqori natijalarga erishgan shaxslarga topshiriladi.
Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi S.Safoev ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni rivojlantirish va chuqurlashtirish yoʻlidagi koʻp yillik xizmatlari uchun mazkur orden bilan taqdirlanganini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, S.Safoev tashqi ishlar vaziri vazifasida ishlagan kezlar muhim platforma boʻlgan «Markaziy Osiyo+Yaponiya» muloqoti ta'sis etilishida faol qatnashgan, koʻp yillar davomida oʻzaro robitalarni mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshgan. U oʻz davrida ikki davlat parlamentlararo guruhi raisi sifatida qonunchilik idoralari almashinuvida ham jonbozlik koʻrsatgan.
S.Safoev Chiqayotgan quyosh Katta Kordon ordeni bilan taqdirlangan ilk oʻzbekistonlik sanaladi. Taniqli davlat arbobi Oʻzbekiston Respublikasining «Mehnat shuhrati», «Doʻstlik» va «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlariga ham munosib koʻrilgan.
Sodiq SafoevYaponiya HukumatiKatta KordonOʻzbekiston RespublikasiDiplomatik AloqalarXalqaro Anjuman O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar