17:20 / 05.03.2022
1 068

Amudaryoda 5 yillik aliment pullari oldindan to‘landi

Amudaryoda 5 yillik aliment pullari oldindan to‘landi
Majburiy ijro byurosining Amudaryo tuman bo‘limi xodimlari ham “Aliment undiruv oyligi” tadbirlarida alimentdan qarzdor bo‘lgan fuqarolarning mas’uliyatiini oshirish choralarini ko‘rib borishmoqda.

Jumladan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining 04.06.2014 yildagi qarzdor A.A. dan undiruvchi F.E.ning tarbiyasidagi bir nafar farzandining ta’minoti uchun ¼ miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, qarzdor A.A. o‘z tashabbusi bilan Byuro bo‘limiga kelib, undiruvchi F.E.ning tarbiyasidagi farzandining ta’minoti uchun aliment nafaqasi to‘lovini hisoblatib, kelgusi 5 yilga jami 47 mln. so‘m aliment pullarini undiruvchi F.E.ning nomiga ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berdi.

Albatta, hech qanday aliment pullari ota-ona o‘rnini bosa olmaydi. O‘z o‘rnida, aliment to‘lovchi ota-onalardan turmush davrdagi arzimagan kelishmovchiliklar sababli, farzandlarini tirik yetim qilmasdan oilasini qayta tiklash choralarini ko‘rishga chorlab qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amudaryoda 5 yillik aliment pullari oldindan to‘landi