DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda qimmatbaho metall o‘g‘rilari qo‘lga olingan.
Olmaliqlik X.F «Olmaliq KMK» AJning bir guruh ishchilari bilan jinoiy til biriktirgan. U «Oltin va kumushni afinajlash sexi»ning kiyim almashtirish xonasiga qimmatbaho metall – sanoat qumlarini yashirib qo‘ygani fosh bo‘lgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushbu yacheykaning pastki qismida perchatkada joylashtirilgan umumiy og‘irligi 4 kg. 435 gr. sanoat mahsuloti – shlam protsessual tarzda rasmiylashtirib olingan. Laboratoriya tahlili natijalariga ko‘ra, ushbu sanoat qumlari tarkibida umumiy narxi 117,5 mln. so‘mlik 160.5 gr. qimmatbaho metalllar mavjudligi aniqlangan.
Fuqaro X.F Chirchiq shahrida «Olmaliq KMK» AJning qo‘riqlash xizmatiga bo‘lib o‘tayotgan qabulga qatnashish uchun kelgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi