Rossiya Federatsiyasining Smartavia va iFly aviakompaniyalarining O‘zbekistonga amalga oshiriladigan parvozlari vaqtincha bekor qilindi. Bu haqda Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, ikki aviakompaniya O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarga ega. Ammo Smartavia aviakompaniyasi 7 mart kuniga rejalashtirilgan Moskva—Urganch—Moskva yo‘nalishidagi parvoz bajarilmasligi yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Shuningdek, iFly aviakompaniyasi 5 mart sanasidan boshlab O‘zbekistonga bajarilishi kutilayotgan hamda barcha rejalashtirilgan yo‘nalishlarda o‘z parvozlarini noma’lum muddatga to‘xtatdi. Aviakompaniya bu haqdagi rasmiy ma’lumotni O‘zbekiston aviatsiya ma’muriyatiga taqdim etdi.
«Bekor bo‘lgan aviaqatnovlar yo‘lovchilari aviachipta pullarini qaytarish yoki chiptalarini boshqa muddatga qayta bronlash masalalari yuzasidan ushbu chiptalarni xarid qilgan aviakassalarga murojaat etishlari tavsiya etiladi», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. Shundan so‘ng AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilgan. 27 fevral kuni 20 ta davlat Rossiya samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopishini e’lon qildi. Boeing Rossiya aviakompaniyalariga ehtiyot qismlar yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
Shundan so‘ng Rossiya ham bir qator davlatlar uchun havo hududini yopdi, bir qator aviaqatnovlar bekor qilindi. Jumladan, Rossiyaning S7 Airlines kompaniyasi O‘zbekistonga barcha reyslarni may oyigacha bekor qildi.
Uzbekistan Airways esa Rossiya havo hududining bir qismi yopilishi bilan bog‘liq cheklov sabab bir qator shaharlarga parvozlar jadvali va yo‘nalishini o‘zgartirdi. Unga ko‘ra, 3 martdan 26 martgacha O‘zbekiston—Sochi—O‘zbekiston yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar joriy etilib, Krasnodar va Rostov-Don shaharlariga rejalashtirilgan parvozlar Sochi shahriga amalga oshiriladi.
Rossiya Federatsiyasi1, iFly aviakompaniyasi1, O‘zbekistonga amalga oshiriladigan1, Parvozlarni vaqtincha bekor qildi1 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi