15:16 / 07.03.2022
1 521

Urganchda markaziy poliklinika shifokori qo‘lga tushdi

Urganchda markaziy poliklinika shifokori qo‘lga tushdi
Yo‘l-transport hodisasi natijasida hech kimga shikast yetmaganligi bo‘yicha hujjatlarni to‘g‘rilab bermoqchi bo‘lgan shifokor ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman bo‘limi tomonidan DXXning Xiva shahar bo‘limi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch TTB markaziy poliklinikasi shifokori A.S. fuqaro T.ning boshqaruvidagi avtotransport vositasida sodir bo‘lgan avtohalokat natijasida hech kimga shikast yetmaganligi bo‘yicha hujjatlarni uning foydasiga hal qilib, bu boradi tekshiruv harakatlarini o‘tkazayotgan IIB tergovchisini uni javobgarlikka tortmaslikka ko‘ndirib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganchda markaziy poliklinika shifokori qo‘lga tushdi