
Samarqandda 25 yoshli qiz o‘z onasini o‘qlov bilan kaltaklagani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi holatga munosabat bildirib, bu bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilganini ma’lum qildi.
Samarqand shahar «Imom Vose» MFYda yashovchi 57 yoshli H.N. «Bog‘ibaland» MFYda yashovchi kenja qizi I.N.ning (1997 yilda tug‘ilgan) yashash uyiga kelib, u bilan o‘zaro uy-joy masalasida tortishib qolishi natijasida ona va bola o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.
Ona va qiz o‘rtasidagi tortishuv pul oldi-berdisi hamda uy-joy tufayli vujudga kelgan bo‘lib, fuqaro I.N. mazkur sabab tufayli onasiga doimiy tazyiq o‘tkazib kelgan.
Hozirda fuqaro H.N. o‘rnatilgan tartibda himoya orderi berilgan hamda «Bog‘ibaland» mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ul xodimi Z.Xo‘jamurodovaning doimiy nazoratiga topshirilgan. Shuningdek, ona va bola o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklarni hal etish bo‘yicha huquqiy tushuntirish ishlari olib borilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar