
Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi ish yurituvida 1 531 dan ortiq aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, 628 ta ijro hujjatlari bo‘yicha karzdorlar bandligi ta’minlanib, oylik ish haqi hisobidan aliment pullari undirib kelinmoqda.
Mazkur ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ijro harakatlari davomida 2022 yil 1 mart kunidan 7 martiga qadar bo‘lgan davrda 77,9 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari undirilib, undiruvchilar nomiga ochilgan plastik kartalariga o‘tkazib berildi.
Bundan tashqari, Byuro tomonidan qarzdor va undiruvchilar bilan oilasini tiklash hamda farzandlarini yetimlikda voyaga yetishini oldini olish borasida o‘tkazilgan suhbatlar natijasida 36 nafar oilalar yarashtirilishiga erishildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar