
DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida o‘zaro virtual guruh tashkil etib, ekstremistik mazmundagi materiallar tarqatish bilan shug‘ullangan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.
Xususan, Xiva shahrida yashovchi, 2002-2004 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar shaxs o‘zlarining uyali telefon apparatlari orqali ijtimoiy tarmoqlardagi aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan materiallar bilan tanishib, xalqaro terroristik tashkilotlar hamda diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Abu Saloh, Abdulloh Buxoriy, Abdulloh Zufar, Sodiq Samarqandiy va boshqalarning ma’ruzalarini ko‘rib, tinglab, atrofdagilarga ham tarqatib kelishgan.
Shuningdek, ular Suriyadagi terroristik tashkilotlar a’zolari bilan aloqaga kirishib, ularning safiga borib qo‘shilishni maqsad qilishgan.
Ushbu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar