Foto: Buxoro viloyat madaniy meroc boshqarmasi matbuot xizmati
Buxoro shahrida 11 mart kuni kechki payt hafta davomida muttasil yogʻgan yomgʻir oqibatida «Talipoch qal'a darvozasi» chap tomonidagi qal'a devorining bir qismi qulab tushdi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 12 mart kuni Buxoro viloyat hokimligi, viloyat Madaniy meros va favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mas'ul xodimlari va maxsus eskspertlaridan iborat jamoatchilik ilmiy maslahat kengashi a'zolari hodisa joyida oʻrganish ishlarini olib borgan.
XVI asrga tegishli «Talipoch qal'a darvozasi» 2003 yilda qayta tiklangan. Oʻtgan yillar davomida qal'a atrofidagi devorning chap qanoti ortidagi madaniy qatlamlarning choʻkishi, qoplama devorlarida yoriqlar paydo boʻlishi hamda mart oyida kuzatilgan doimiy yogʻingarchilik devorning choʻkishi va qulab tushishiga olib kelgani aniqlangan.
Foto: Buxoro viloyat madaniy meroc boshqarmasi matbuot xizmati
Ta'kidlanishicha, «Talipoch qal'a darvozasi» 2022 yil davomida asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy meros koʻchmas mulk ob'ektlarining manzilli roʻyxatiga kiritilgan.
Hozirda soha mutasaddilari va mutaxassislar tomonidan mazkur ob'ektning atrofini oʻrab olish, mazkur huddudda yashovchi fuqarolar va ob'ektga tashrif buyuruvchi sayyohlar xavfsizligini ta'minlash choralari koʻrilgan. Shuningdek, Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi va ekspertlar tomonidan ob'ektning texnik holati oʻrganilib va uni tezkorlik bilan qayta tiklash choralarini koʻrish boʻyicha muhokamalar olib borilgan.
Madaniy meros agentligi ob'ektda 2003 yilda restavratsiya ishlari amalga oshirilgan boʻlsa-da, shoshma-shosharlikka yoʻl qoʻyilgani, ta'mirlash ishlari malakali ustalar tomonidan olib borilmagani oʻz ta'sirini koʻrsatganini bildirgan.
Foto: Buxoro viloyat madaniy meroc boshqarmasi matbuot xizmati
«Endilikda bu kabi kamchiliklarni oldini olish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan madaniy meros ob'ektlarini restavratsiya ishlarini puxta oʻylangan reja asosida, malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshirish choralari koʻrilmoqda», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi
Yangiyoʻlda ekologiya inspektorlarini kaltaklab ketgan shaxslar qidirilyapti
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyogʻlarni aniqlash boshlanadi
Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi
Oʻzbekistonda mashina oʻgʻirlanishi holatlari ortib bormoqda: haydovchilarga qanday choralar tavsiya etilmoqda?
2025 yilda Ai-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin