date
views 1 160

Xorazmda aliment to‘lamagan fuqarolarga chora ko‘rildi

Xorazmda aliment to‘lamagan fuqarolarga chora ko‘rildi
Muqaddam xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida joriy yilning 21 fevral kunidan 31 mart kuniga qadar “Aliment undiruvi oyligi” deb e’lon qilingan. Bu oylik doirasida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan fuqarolarga ham qat’iy choralar ko‘rilmoqda.

Majburiy ijro byurosining Shovot tumani bo‘limi tomonidan aliment pullarini to‘lash to‘g‘risida davlat ijrochisi tomonidan bir necha marotoba ogohlantirish berilganiga qaramasdan aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelgan, qarzdor A.A. to‘rt nafar farzandlari uchun 2022 yil 1 fevral kuniga qadar jami 39.349.937 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan.

Shuningdek, qarzdor Yu.S. ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 13.0294.960 so‘m aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.
Bundan tashqari, qarzdor R.S. ham otalik mas’uliyatiga befarqlik bilan qarab, bir nafar farzandi uchun jami 2.333.893 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelganlar.

Shu sababli qarzdorlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlik masalasini hal qilishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tuman sudiga yuborilib, sud jarayonida qarzdorlarga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 07.05.2018 yilgi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.S. dan undiruvchi N.Xning foydasiga to‘rt nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun qarzdorning oylik daromadining ½ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsada, ogohlantirishlariga qaramasdan qarzdor ota 2020 yil fevral oyidan sentabr oyiga qadar aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelganligi sababli, qarzdorga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosiga tayinlangan.

Bundan xulosa chiqarmagan A.S. belgilangan jazoni o‘tab bo‘lgandan so‘ng ham aliment pullarini qasddan to‘lamay yurgan. Holat yuzasidan A.S.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mazkur jinoyat ishini Urganch tuman sudi ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda aliment to‘lamagan fuqarolarga chora ko‘rildi