18:10 / 16.03.2022
1 157

Angrenda 60 million so‘m aliment undirib berildi

Angrenda 60 million so‘m aliment undirib berildi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarida “Aliment undiruvlari” oyligi davom etmoqda.
Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning shahar-tuman bo‘limlari tomonidan joylarda aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlarini ijrosini sifatli ta’minlash borasida chora-tadbirlar asosida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Byuroning Angren shahar bo‘limi tomonidan aliment oyligi doirasida 130 nafar undiruvchi foydasiga jami 161 mln. so‘m aliment pullari undirilib berilgan, 20 ta oila yarashtirilgan. Shuningdek, aliment pullari o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotgan 11 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, ma’muriy javobgarlikka tortilgan so‘ng xam 2 oydan ortiq aliment pullarini to‘lamagan 2 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 122-moddasiga bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining 28.05.2021 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor R.Karimovdan undiruvchi Yu.Karimova foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi moddiy ta’minoti uchun, har oy qarzdorning jami daromadidan 1/3 qism miqdorda aliment undirish belgilangan. Byuroning Angren shahar bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdordan farzandlari voyaga yetgunga qadar to‘liq, ya’ni 60 000 000 so‘m pul mablag‘larni undirib, undiruvchining “Aloqabank” tomonidan ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berildi va ijro ishi yakunlandi.

Bundan tashqari, fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining 06.02.2017 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor T.Abilovdan, undiruvchi M.Gaziyeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ¼ qism miqdorda aliment undirish belgilangan bo‘lib, Byuroning Angren shahar bo‘limi xodimlari tomonidan 2 yillik qarzdorlik, ya’ni 20 000 000 so‘m pul mablag‘lari undirilib, undiruvchining “Aloqabank” tomonidan ochilgan plastik kartasiga o‘tkazib berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Angrenda 60 million so‘m aliment undirib berildi