15:51 / 18.03.2022
4 530

Bloger Asalhoney Toshkentdagi uyida o‘lik holda topildi

Bloger Asalhoney Toshkentdagi uyida o‘lik holda topildi
Asalhoney nomi bilan tanilgan Asal Xo‘jayeva Toshkentdagi uyida o‘lik holda topilgani haqida xabar berilgan edi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, uning murdasi 18 mart kuni Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasidagi uyda qotillik alomatlari bilan topilgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda tekshiruv natijalati bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan, gumonlanuvchilar haqida ma’lumot keltirilmagan.

Yanvar boshlarida ham Asalhoney o‘ldirib ketilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. O‘shanda poytaxt IIBB buni rad etgandi.

Asalhoney 2020 yilda haqorat qilish va mayda bezorilik bilan aybdor deb topilib, Mirzo Ulug‘bek tumani ma’muriy sudi qarori bilan javobgarlikka tortilgan va unga nisbatan BHMning 20 barobari (4 460 000 so‘m) miqdorida jarima, shuningdek, uzil-kesil 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan edi. Keyinroq Toshkent shahar Ma’muriy sudi Kassatsiya instansiyasi qarori bilan unga nisbatan tayinlangan jazo voyaga yetmagan farzandi borligi sabab qamoq jazosi jarimaga o‘zgartirilgan edi.

Shundan keyin ham Asalhoney ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga turli behayo videolarni joylashtirishni davom etgan. O‘shanda Asalhoney rasmiy ravishda ogohlantirilgan va bundan keyin shu kabi xatti-harakatlarni amalga oshirsa, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilishi aytilgan.

Profilaktik suhbatdan chiqqan Asalhoney O‘zbekiston xalqiga videomurojaat yo‘llab, barchadan uzr so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, Asalhoney 2020 yilning 5 may oqshomida o‘zi yashaydigan uyida bir erkakning hujumiga uchragandi. Erkak uni urib, tanasini skotchlab ketgan edi. O‘shanda Asalhoney ichki ishlar xodimlari tomonidan qutqarilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bloger Asalhoney Toshkentdagi uyida o‘lik holda topildi