“Aliment undiruvi oyligi” doirasida Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan aliment qarzdorliklarini to‘liq undirish, tomonlarni yarashtirish, ishga joylashtirish, alimentdan qasddan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini ko‘rish davom etmoqda.
Jumladan, Byuroning Bo‘stonliq tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan sud hujjatlariga asosan aliment qarzdorligini 3 oydan ortiq vaqt mobaynida to‘lamay yoki to‘lashdan bo‘yin tovlagan 8 nafar shaxsga nisbatan rasmiylashtirilgan hujjatlar JIB Bo‘stonliq tuman sudiga yuborilgan.
Sayyor sud davomida qarzdor R.Xodiyev 29,9 mln so‘mlik, qarzdor O.Gulyamov 10,9 mln so‘mlik alimentlarni to‘lamagani uchun ularga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shu bilan birga, bo‘lim ish yurituvidagi qoldiqdagi aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari bo‘lim tomonidan alohida nazoratga olingan bo‘lib, majburiy ijro harakatlari belgilangan tartibdi davom ettirilib ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi