12:05 / 28.03.2022
1 180

Surxondaryoda sobiq rahbar 220 ming dollarni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

Surxondaryoda sobiq rahbar 220 ming dollarni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman bo‘limi tomonidan AT «Aloqabank»ning Surxondaryo hududiy markazining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, «T.Y.E.» MCHJ sobiq rahbari I.S. MCHJga AT «Aloqabank» viloyat filiali tomonidan «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda aylanma mablag‘ini to‘ldirish» uchun ajratilgan 220 000 AQSH dollari kredit mablag‘ini o‘zining shaxsiy ehtiyojiga ishlatib yuborib, talon-toroj qilganligi, shuningdek I.S. bank filiali mas’ul shaxslari bilan til biriktirib, aslida bahosi 737,8 mln so‘m bo‘lgan binoning narxini sun’iy ravishda oshirgan holda 2,5 mlrd so‘mga o‘zaro kelishuv dalolatnomasiga asosan garov ta’minoti sifatida qo‘yib, bank manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda sobiq rahbar 220 ming dollarni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda