Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 29—30 mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston—Turkiya strategik sheriklik kengashining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari o‘tkazadigan muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Asosiy e’tibor savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoat, logistika, turizm va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirishga qaratiladi.
«Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi. Sammit yakunida Qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev so‘nggi marta Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan, 2020 yil 19 fevral kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga tashrif buyurgandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa 2018 yil 29 aprel kuni davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz