O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 mart kungi F-34-sonli farmoyishi bilan Allayev Abdullo Sadulloyevich sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdullo Allayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida ishlagan.
Mazkur farmoyish bilan yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzgani uchun Ro‘ziyev Suxandiyor Gadoyevich Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun: Suxandiyor Ro‘ziyev bir yil avval — 2021 yilning 1 mart kuni Buxoro viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan edi. Ungacha esa Buxoro viloyat ma’muriy sudining raisi lavozimida ishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz