08:00 / 30.03.2022
880

Samarqandda Lacetti’dan yarim kilo oltin qotishmalari topildi

Samarqandda Lacetti’dan yarim kilo oltin qotishmalari topildi
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida oltin metall qotishmalarini olib ketayotgan avtoulov to‘xtatib qolindi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro O.A. boshqaruvidagi Lacetti avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada mashinada og‘irligi 525,9 gramm bo‘lgan umumiy bahosi 358,2 million so‘mlik 15 dona oltin metall qotishmalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan. Haydovchi uni Navoiy viloyatida yashovchi fuqaro Sh.N.dan olib, Toshkent shahridagi fuqaro E.Q.ga yetkazishi kerak bo‘lgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Lacetti’dan yarim kilo oltin qotishmalari topildi