11:20 / 31.03.2022
1 066

Aliment to‘lovchi fuqarolar mas’uliyati oshirilmoqda

Aliment to‘lovchi fuqarolar mas’uliyati oshirilmoqda
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati boshqarmasining tuman va shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi bilan 92 nafar qarzdorga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, tegishligi bo‘yicha sudlarga yuborilgan.

Bundan tashqari, alimentdan bo‘yin tovlagan 13 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilib, jinoyat ishlarining barchasi ayblov dalolatnomasi bilan sudlarga yuborilishi ta’minlangan.

Jumladan, boshqarmaning surishtiruv va ma’muriy amamliyot sho‘’basi tomonidan 07.03.2022 yilda A.A.ga nisbatan JKning 122-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga, qarzdor A.A. 07.02.2020 yildagi JIB Boyovut tuman sudining hukmiga asosan JKning 122-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, 1 yil 2 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan bo‘lishiga qaramasdan, xavfli retsidivist bo‘la turib, 01.08.2021 yildan 01.03.2022 yilga qadar 9.960.440 so‘mlik aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganligi holati bo‘yicha taqdim etilgan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari asos bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan boshqarma surishtiruv sho‘’basi tomonidan qarzdorga nisbatan JKning 122-moddasi 2-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, mazmunan ko‘rishlik uchun sudga yuborildi.

Hozirda aliment qarzdorligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilayotganligi sababli, alimentdan bo‘lgan qarzdorlarga amaldagi qonunlarga bo‘ysunishni, tegishli qarzdorliklari mavjud bo‘lgan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlik masalasi ko‘rilmasdan turib, o‘z vaqtida to‘lashlari lozim.

Bundan tashqari, “Aliment undiruv oyligi” doirasida Byuroning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan qarzdor “ota”larga nisbatan jazo qo‘llash bilan chegaralanmasdan, oilalarni yarashtirishga, ajrim yoqasidagi oilalarga oila muqadasligi, ajrimning salbiy oqibatlari, bolalarning moddiy ta’minoti masalalar yuzasidan tegishli savobli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Guliston tumanida yashovchi, qarzdor A.K fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 01.08.2018 yildagi №SB-252-2018-raqamli ijro varaqasiga asosan, undiruvchi M.K.ning foydasiga 2 nafar farzandlarini voyaga yetgunga qadar har oy jami daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lib, 26.03.2022 yilda qarzdor A.K bilan tushuntirish ishlari olib borish jarayonida, undiruvchi L.X.ga 68,4 mln. so‘mlik qarzdorlik undirilishi, oilaning yarashtirilishi hamda ijro hujjati Qonunning 40-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan amalda tamomlanishiga erishildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lovchi fuqarolar mas’uliyati oshirilmoqda