
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining 2022 yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha qarori e'lon qilindi.
2022 yil uchun zakot nisobini (85 gramm tilladan) 34 million soʻm deb belgiladi. Mazkur qiymatning qirqdan biri (1/40), ya'ni zakot uchun chiqariladigan qismi 850 ming soʻmga teng boʻladi.
«Shunga koʻra, zarur ehtiyojdan tashqari bir yil davomida 34 million soʻm va undan ortiq mablagʻga ega boʻlgan musulmon kishi jami mablagʻining qirqdan birini hisoblab, uni zakot niyatida kambagʻal va faqirlarga beradi», — deyiladi qarorda.
Shuningdek, fitr sadaqasining miqdori bugʻdoydan yarim soʻm (2 kilogramm), arpadan bir soʻm (4 kilogramm), mayizdan yarim soʻm (2 kilogramm) va xurmodan bir soʻm (4 kilogramm)ni tashkil etadi.
Shunga koʻra, fitr sadaqasining miqdori:
- bugʻdoydan 2 kilogramm 10 ming soʻm;
- arpadan 4 kilogramm 16 ming soʻm;
- mayizdan 2 kilogramm 100 ming soʻm;
- xurmodan 4 kilogramm 160 ming soʻm deb belgilandi.
«Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya qiladi», — deyiladi qarorda.
Fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati qiymatida boʻlib, bugungi kunda bu oʻrtacha 25 ming soʻmga toʻgʻri kelganidan, bu yilgi fidya miqdori bir kun uchun 25 ming soʻm deb belgilandi.
Ta'kidlanishicha, mazkur qiymatlar Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan boʻlib, har bir viloyat oʻz bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.
2022 yil uchun zakot miqdori1 2022 yil uchun fitr sadaqa1 Zakot1 Fitr sadaqa va fidya miqdori1 Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar