18:30 / 06.04.2022
856

Aliment to‘lovlari masalasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Aliment to‘lovlari masalasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Mamlakatimizda aliment to‘lash majburiyatlarini belgilovchi bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasining tuman-shahar bo‘limlari ish yurituvida aliment undirish bilan bog‘liq 12.702 ta ijro hujjatlaridan 7.780 ta hujjatlar bo‘yicha undiruv O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 64, 67-moddalari asosida qarzdorlarning ish haqlariga qaratilgan.

Viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 2 aprel kuni viloyatdagi yirik korxona va boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirokida aliment to‘lovlarining ish haqidan ushlab qolinishi yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Davlatimiz rahbarining 24.11.2020 yildagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan ijro hujjatlari bo‘yicha har bir undiruvchi nomiga ochilgan bank kartasiga aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu bank kartasiga o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda Adliya vazirligida 08.09.2009 yildagi 1980-son bilan ro‘yxatga olingan “Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki unga tenglashtirilgan boshqa to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ijro hujjatlarini ijro etish Qoidalari” asosida to‘lovni amalga oshirishdir.

Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari V.S.Toshpo‘latov tomonidan tadbir ishtirokichilariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aliment to‘lovlari masalasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi