1 094
Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasida zamonaviy uy-joylar qurish loyihasini ma’qulladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 aprel kuni qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Rasmiy xabarda aytilishicha, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi poytaxtning muhim yo‘llaridan biriga aylanib bormoqda. Oxirgi yillarda u yerda yangi bog‘, ko‘prik, universitet barpo etildi.
Ma’lum qilinishicha, endi bu ko‘cha bo‘yida 610 gektar maydonda uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar qurish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari avvalo mazkur loyiha maketini ko‘zdan kechirdi.
Loyihaga asosan, binolar to‘rt qavatli, to‘rt xil dizaynda bo‘ladi. Birinchi qavatda savdo va xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyat yuritadi. Yuqori qavatlarda xonadonlar yoki mehmonxonalar bo‘ladi. Ko‘cha bo‘yida piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi.
Prezident loyihani ma’qullab, uylarni energiyatejamkor qilib qurish, issiq va sovuqda mo‘’tadil bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berdi. Ish o‘rinlarini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.
- Eng muhimi - xalqimizga munosib yashash sharoiti va ish o‘rinlari yaratish, - dedi davlat rahbari.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, binolarda 1 million 700 ming kvadrat metr savdo va xizmat ko‘rsatish maydoni bo‘ladi. Buning negizida 14 mingdan ortiq ish o‘rni tashkil etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?