
Shavkat Mirziyoyev 8 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatni borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur ta’lim muassasasi 1966 yilda tashkil etilgan. 2016 yilda kapital ta’mirlangan. Ayni paytda bu yerda 221 nafar o‘quvchi tarbiyalanmoqda. Ularga oliy ma’lumotli defektolog va tarbiyachilar saboq bermoqda. O‘tgan yili 21 nafar bitiruvchidan 3 nafari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan.
Maktab-internatda 4 ta o‘quv binosi, 280 o‘rinli yotoqxona, oshxona, kutubxona, sport zali, faollar zali mavjud.
Davlat rahbari o‘qituvchilar bilan suhbatlashgan. Tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirgan. Toshkent shahar hokimligiga maktab-internatning oshxonasi va texnologiya xonalarini ta’mirlash, sport kompleksi va ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xalq ta’limi vazirligiga «Zamin» jamg‘armasi bilan birga 2 ming 600 dan ziyod zaif eshituvchi bolalarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib, ularni eshitish moslamalari bilan ta’minlash, eshitish qobiliyati tiklangan bolalarni bosqichma-bosqich umumta’lim maktablariga o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar