date
views 1 044

Samarqandda 181 qirotlik soxta yoqutni 250 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Samarqandda 181 qirotlik soxta yoqutni 250 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
Foto: Videodan skrin
Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qimmatbaho moddalarning noqonuniy savdosi, olib kirilishi holatlariga chek qo‘yildi. Bu haqda bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs 181 qirot yoqut toshlarini 250 ming dollarga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan. Ekspertizadan so‘ng bu toshlar sintetik tosh ekani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, Surxondaryodagi «Ayritom» chegara bojxona postida 118 million so‘mlik qimmatbaho va sun’iy toshlarni yashirincha olib kirishga uringan shaxs ushlangan.

Farg‘ona aeroportida 1 kilogramm 120 gramm og‘irlikdagi 239 dona tilla taqinchoqni noqonuniy ravishda olib kirish uchun samolyotdagi yo‘lovchilarga tarqatgan shaxsning qilmishi fosh bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 181 qirotlik soxta yoqutni 250 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi