09:13 / 10.04.2022
1 825

Prezident ipoteka kreditlari bo‘yicha qarorni imzoladi

Prezident ipoteka kreditlari bo‘yicha qarorni imzoladi
«Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va ta’lim kreditlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalarini belgilash to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Moliya vazirligi banklarga ajratadigan ipoteka va ta’lim kreditlari uchun foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar, amaldagi foizlar, ya’ni ipoteka bo‘yicha 13 foiz, ta’lim krediti bo‘yicha 10 foiz miqdorida saqlab qolinadi.

Bunda, 10 foizdagi kreditlar kredit oluvchiga 14 foizdan ajratiladi.

Ipoteka va ta’lim kreditlari bo‘yicha foizlarni kamaytirish Markaziy bank asosiy stavkasi 14 foizdan pasayganda qo‘llaniladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident ipoteka kreditlari bo‘yicha qarorni imzoladi