13:22 / 10.04.2022
1 446

O‘zbekistonda insofsiz raqobat olib borayotganlarga sanksiya qo‘llaniladi

O‘zbekistonda insofsiz raqobat olib borayotganlarga sanksiya qo‘llaniladi
Prezident qaroriga ko‘ra, 2022 yil 1 sentabrdan boshlab, quyidagilar uchun moliyaviy jarimalar joriy etiladi:

— tovar va moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi kelishuvlar (kelishib olingan harakatlar);

— tovar va moliya bozoridagi ustun (monopol) mavqeni hamda yuqori muzokara ustunligini suiiste’mol qilganlik, mahsulotlar narxini asossiz oshirganlik va insofsiz raqobat;

— xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni sotib olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik;

— ommaviy savdolarda raqobatga zid harakatlar amalga oshirganlik va monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik.

Prezident topshirig‘i bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga yangi tahrirdagi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun loyihasini kiritish, unda aniq miqdorlar va moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash tartibi belgilab qo‘yilishi topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda insofsiz raqobat olib borayotganlarga sanksiya qo‘llaniladi