Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Toshkent viloyati IIBB Korrupsiyaga va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurash bo‘linmasi hamda hamda Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan Nurafshon shahrida nazorat-reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida fuqaro E.Q. (fermer xo‘jaligi rahbari) Piskent tumani hokimligi tomonidan ijaraga berilgan, tumanning «O‘zbekiston» massividagi 6 gektar yer maydonini hujjatlashtirib berishni 53 ming AQSH dollariga kelishib, arizachidan boshlang‘ich badal sifatida talab qilgan 5 300 AQSH dollarining 5 ming dollarini olayotgan vaqtida ushlangan.
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Ma’lum bo‘lishicha, «O‘zbekiston» massividagi 24 gektar yer maydoni fuqaroga fermer xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun 50 yilga ijaraga berilgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan fuqaro E.Q. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi va 28-211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi