Buxoroning Turkiyadagi turizm elchisi, taniqli bloger Serdar Tunjer boshchiligidagi targ‘ibot guruhi yanvar oyida O‘zbekiston bo‘ylab 12 kunlik sayohatda bo‘ldi.
Sayohat Turizm va Madaniy meros vazirligi tomonidan ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish, shuningdek, mahalliy sayyohlar va turizm subektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Loyiha davomida Naqshbandiya tariqatining “Oltin Silsila” halqasidan joy olgan islom ulamolari ziyoratgohlari, ularning ilmiy merosi, islom sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risidagi tag‘ibot materiallari tayyorlandi.
Jumladan, “Biri bir gun” rukni ostida 5 bo‘lim, TRTning ramazon oyi saharlik dasturi uchun “Sahur programi” rukni ostida 30 bo‘lim, “MYMECRA” yutube kanali uchun “Sonsuzluk Kervani” rukni ostida 12 bo‘lim va “Cat Kapi” dasturi uchun 2 bo‘lim, jami 49 bo‘limdan iborat video targ‘ibot materiallari tayyorlandi.
Ushbu targ‘ibot materiallari Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi Xo‘ja Alouddin Attor, Oltinsoy tumanidagi Xo‘ja Muhammad Zohid, Termiz shahridagi Hakim at-Termiziy, Sherobod tumanidagi Abu Iso at-Termiziy ziyoratgohlari, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi Xo‘ja Muhammad Darvesh, Xo‘ja Muhammad Imkanagiy ziyoratgohlari va Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasi, Samarqand shahridagi Hazrati Hizr, Shohi Zinda, Registon majmualari va Imom al-Buxoriy, Xo‘ja Ubaydulloh Ahror, Imom al-Motrudiy ziyoratgohlari, Buxoro viloyatidagi 7 Pir ziyoratgohlari, Toshkent shahridagi Hazrati Imom majmuasi va Toshkent viloyatidagi Zangi Ota ziyoratgohlaridan turib tasvirga olindi.
Mashhur blogerning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yuzlab turkiyalik sayyohlar O‘zbekistonga tashrif buyurish istagini bildirishgan.
«Tanangiz dam olishi uchun dunyoning turli plyajlariga borishingiz mumkin, lekin qalb orom topishi uchun Buxoroga kelishingiz kerak», – deya yozgan Serdar Tunjer O‘zbekistonga qilgan sayohati haqida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi