1 879
Telegram orqali sevgan qiziga «urushga ketayotganini» yozgan yigit besh sutkaga qamaldi
Toshkentda sevgan qizi bilan uchrashish maqsadida Telegram messenjeri orqali unga urushga ketayotganini aytgan yigitning shaxsi aniqlandi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalining «Vaziyat 24» dasturida ma’lum qilindi.
27 mart kuni 102 raqamiga Suhrob ismli shaxs 31 kishi bilan urushga ketayotgani haqida xabar kelib tushgan. Ushbu ma’lumot haqiqatga qanchalik yaqinligini bilish maqsadida Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar olib borilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Suhrob o‘quv markazida tanishib qolgan qiz bilan muloqot qilib kelgan. U qizga sovchi ham yuborgan, biroq qizning otasi yigitga rad javobini bergan. Shunda qiz bilan ko‘rishish maqsadida Telegram orqali «Men urush bo‘layotgan davlatga ketyapman», deya yolg‘on xabar yozgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga taqdim etilgan. 19 yoshli yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan besh sutka qamoq jazosi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"