18:04 / 15.04.2022
1 199

Savdo do‘koni auksionga chiqarildi

Savdo do‘koni auksionga chiqarildi
Xalqimizda “Olarda kirar jonim, berarda chiqar jonim”, deb bejiz aytilmagan. Afsuski, ba’zi bir mulkchilik sub’ektlari o‘z faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy yordamdan foydalanganidan keyin, majburiyatlarini bajarish fursati yetgan paytda mas’uliyatini unutib qo‘yayotgani achinarli holat.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan vaqtida qaytarilmagan bank kreditlarini undirib berilishi borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida kredit qarzdorligi mavjud bo‘lgan 12 ta yuridik tashkilotlarning 27 dan ortiq mol-mulklari qonunda belgilangan tartibda xatlanib, onlayn auksion savdosiga chiqarilishi ta’minlangan.

Xususan, yaqinda qiymati 975 mln.so‘mni tashkil etuvchi kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmagan “Jo‘rabek ishonch savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatining savdo do‘koni xatlanib, onlayn auksion savdosiga chiqarildi.

O‘tkazilgan onlayn auksionda 975 mln.so‘mga baholangan savdo do‘koniga xaridor chiqmaganligi sababli kreditni qoplash maqsadida bino bankka taklif qilindi va bankning balansiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi. Natijada ijro hujjatining ijrosi qonunda belgilangan tartibda amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Savdo do‘koni auksionga chiqarildi