23:34 / 15.04.2022
1 127

Aholi tomorqalarida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi

Aholi tomorqalarida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi
Prezident raisligida o‘tgan videoselektorda aholi tomorqalariga yetib bormayotgan suv eng katta muammo ekani qayd etildi va tegishli choralar ko‘rish belgilandi.

Shu munosabat bilan mutasaddilarga:
● ekin turlari joylashuvidan kelib chiqib, aholi tomorqalarini sug‘orish uchun 4 milliard kub metr suvni taqsimlash;
● har bir mahalla kesimida ariq ochish, tozalash, tarmoqlarni tiklash bo‘yicha grafikni tasdiqlab, ishlarni boshlash topshirildi.

Bu ishlar uchun respublika budjetidan 50 mlrd so‘m, mahalliy budjetlardan yana 50 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Qo‘shrabot, Nurobod, Konimex, Peshku, Chiroqchi, Jarqo‘rg‘on, Boysun, Ohangaron, G‘allaorol, Farg‘ona kabi tumanlarida suv ta’minoti og‘ir mahallalarda quduq qazish va nasos o‘rnatish xarajatlarining bir qismini qoplashga budjetdan 50 mlrd so‘m ajratiladi.

Cuv tanqisligi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha bir hafta muddatda alohida dastur qabul qilinadi.

Suv xo‘jaligi vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 1 oktabrga qadar:
● 4,5 ming km sug‘orish tarmoqlarini tozalash va 231 km betonlash;
● 3 mingta gidrotexnik inshootni ta’mirlash;
● 3,5 mingta nasos o‘rnatish, 490 km nasos quvurlarini ta’mirlash va 281 ta quduq qazishni ta’minlash topshirildi.

Ushbu maqsadlar uchun 300 mlrd so‘m mablag‘ bosqichma-bosqich ajratiladi.

«O‘tgan yili dekabr oyida 2022 yil uchun tijorat banklariga 2 trln so‘m imtiyozli kredit resurslari berilgan edi. Biroq bugungi kunga qadar tijorat banklariga kiritilgan 790 mlrd so‘mlik talabnomadan atigi 53 foizi, ayrim hududlarda esa 25-30 foizi moliyalashtirilgan xolos», — dedi Prezident.

Shuning uchun mahsulot yetishtirishni moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha yangi tizim joriy etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholi tomorqalarida suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi