1 394
Oylik mobaynida ma’muriy qamoqdan xulosa qilmagan 8 nafar otaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Ma’lumki, Byuro organlari tomonidan fevral-mart oylarida aliment bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini to‘liq ta’minlash, voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Aliment undiruv oyligi” tashkil etildi. Aynan oylik davomida Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlar tomonidan olib borilgan targ‘ibot natijasida 1632 ta oila yarashtirildi.
Ish bilan band bo‘lmagan qarzdorlarning 1103 nafariga ishga joylashtirishga ko‘maklashildi. Olib borilgan tushuntirishlardan so‘ng ham o‘ziga xulosa qilmay farzandi moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlagan 298 nafar qarzdorga ma’muriy jazo qo‘llanildi. Ma’muriy qamoqdan so‘ng 2 oydan ortiq mobaynida aliment to‘lamagan 8 nafar fuqaroga esa jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Masalan, fuqarolik ishlar bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2018 yildagi buyrug‘iga ko‘ra Sh.I. dan undiruvchi M.G‘. foydasiga 2 nafar farzandi uchun moddiy ta’minot undirish belgilangan. Biroq, qarzdor ota ma’suliyatni unutib aliment to‘lashdan bo‘yin tovlaydi.
2021 yilning 15 iyul kuni unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlanadi. Biroq, ma’muriy qamoqdan xam o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilmadi shekilli, Sh.I. yana moddiy ta’minotni turli bahonalar bilan to‘lamay keladi. Endi qarzdorga nisbatan Byuroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 122-moddassi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"