Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda soliq ma’murchiligiga oid bir qator topshiriqlar berildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
"Oxirgi soliq ma’murchiligi bo‘yicha o‘zgarishlar tadbirkorlar o‘rtasida ko‘plab tushunmovchilik va savollarni keltirib chiqardi. Shuning uchun topshirig‘imga ko‘ra, Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasi huzurida yirik tadbirkorlar, olimlar va faol jamoatchilar ishtirokida Jamoatchilik kengashi tuzildi", — deydi prezident.
Moliya vazirligi va DSQga har hafta tadbirkorlar bilan uchrashish va ijtimoiy tarmoqlar orqali tushgan savollar va tizimli masalalarni muhokama qilish, ularning yechimi bo‘yicha takliflar kiritib borish topshirilgan. Ruxsatnoma berish talablarini soddalashtirish ham tizimli ravishda davom ettirilishi ta’kidlangan.
Bugungi kunda 200 dan ortiq sanitariya talablari mavjud bo‘lib, ularning 20 tasiga amal qilishning umuman imkoni yo‘q. Shu munosabat bilan:
- ovqatlanish korxonalari uchun sanitariya talablarini qayta ko‘rib chiqib, eskirgan talablarni bekor qilish;
- yetkazib berish xizmatlari bilan shug‘ullanadigan korxonalarga sanitariya talablarini soddalashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi