Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qoniqarsiz faoliyat ko‘rsatgan hokim yordamchilari va hokim o‘rinbosarlari haqida ma’lumot berildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, barcha infratuzilmasi va moliyaviy imkoniyatlari mavjud bo‘la turib, respublika bo‘yicha 12 ta shahar hamda Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Samarqandning 2 tadan tumanidagi aksariyat hokim yordamchilarining faoliyati qoniqarsiz deb topilgan.
Shu munosabat bilan:
- Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Termiz, Guliston, Farg‘ona, Marg‘ilon, Olmaliq, Chirchiq, Angren, Bekobod shaharlari;
- Uchtepa, Mirzo Ulug‘bek, Toshkent, Qibray, Bo‘stonliq va Urgut tumanlari hokimlarining birinchi o‘rinbosarlarini ishdan olishga ko‘rsatma berilgan.
Tajribali mutaxassislarni jalb qilib, ushbu shahar va tumanlar hokim yordamchilarini to‘xtovsiz o‘qitish, yo‘nalishlar berib borish, yaxshi-yaxshi tajribalarni o‘rgatib borish kerakligi ta’kidlangan. O‘tgan 3 oy ichida har bir mahallaning ixtisoslashuvi aniqlab olingani, endi ushbu mahallalarni ixtisoslashuvi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash tizimi joriy etilishi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi