Rossiyaliklar o‘rtasida O‘zbekistonga ko‘chib o‘tishga bo‘lgan qiziqish o‘sib bormoqda. So‘nggi bir yarim oy ichida mamlakatga kamida 5 000 kishi tashrif buyurgan. Bu darhol Toshkentdagi ijara narxlariga ta’sir qildi.
Riyeltorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, faqat 2022 yilning fevral oyi oxiri–mart oyi o‘rtalarida Toshkentda ijara narxlari o‘rtacha 15 foizga oshgan.
Misol tariqasida Toshkentning eng arzon tumanlari – Sirg‘ali, Olmazor va Yunusobod olinadigan bo‘lsa, bu yerda 1 xonalik uy ijarasi oyiga 3 mln so‘m edi, hozir esa 3,39 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi — 5,65 dan 11,3 mln so‘mgacha. Bu 24 fevralgacha bo‘lgan narxlardan qariyb 17 foizga ko‘proqdir.
2022 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘yicha uy-joy ijarasi o‘rtacha 0,9 foizga oshdi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar ko‘pdir.
Shuningdek, Toshkentdan tashqari, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlarida ham ijara narxlari oshgan.
Riyeltorlarning so‘zlariga ko‘ra, ijara bozorida hozircha taklif yetishmovchiligi yo‘q. Ammo agar rossiyaliklar oqimi davom etsa, unda narxlar, albatta, ko‘tariladi va yetkazib berish hajmi sezilarli darajada kamayadi.
Rossiyaliklar kelgani sabab O‘zbekistondan tashqari boshqa davlatlarda ham ijara narxlari oshgan. Masalan, Turkiyada uy ijarasi 2022 yil fevral oyi oxiriga nisbatan uch-to‘rt barobar qimmatlashgan bo‘lsa, Gruziyada bu qiymat 1,5 barobarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi