23:10 / 19.04.2022
1 215

5 yillik aliment uchun 94 mln. so‘m to‘landi

5 yillik aliment uchun 94 mln. so‘m to‘landi
Fuqarolik ishlari Camarqand shahar sudining 2021 yil 20 oktabrdagi qaroriga asosan qarzdor A.O.dan undiruvchi A.Z.ning foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun uchdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan keyingi tushuntirishlar o‘z samarasini berdi. Qarzdor ota farzandlarini o‘ylab oldindan besh yillik aliment uchun 94 million 286 ming so‘m aliment pulini oldindan to‘lab berdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 yillik aliment uchun 94 mln. so‘m to‘landi