22:39 / 19.04.2022
1 014

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Byuro xodimlari aliment undiruvlariga alohida e’tibor qaratishmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Byuro xodimlari aliment undiruvlariga alohida e’tibor qaratishmoqda
Byuroning Kegeyli tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining 26.12.2019 yildagi qarzdor R.T. dan undiruvchi D.Daljanovaning foydasiga uning tarbiyasidagi ikki nafar farzandining ta’minoti uchun 1/3 miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati, bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan kundan buyon aliment ish yurituvi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, qarzdor R.T. tomonidan farzandlarining ta’minoti uchun aliment nafaqasi hozirgi kunga qadar muntazam ravishda oyma-oy to‘lab kelingan.

Shunga qaramasdan, joriy yilning aprel oyida qarzdor R.T. o‘z tashabbusi bilan Byuro bo‘limiga kelib, farzandlarining voyaga yetgunga qadar aliment nafaqasini oldindan to‘lab berish istagini bildirib, hisoblab berishni iltimos qilgan.

Shu sababli, davlat ijrochilari tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordamlardan keyin, alimentchi ota tomonidan kelasi 13 yilga jami 152 mln. so‘m aliment pullarini undiruvchi D.Daljanovaga to‘lab berdi.

Bundan tashqari, asosiy e’tiborlardan biri oilalarni yarashtirishga qaratilmoqda. Bu esa, o‘z navbatidan samarasini bermoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan 3 oyi davomida hamkor tashkilot va mutasiddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan proflikatika va tushintirish ishlari natijasida 24 ta ajrashish yoqasida turgan oilalarning o‘zaro yarashib, birga yashab ketishiga erishildi.

Misol uchun, bo‘lim ish yurituvidagi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 26.02.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor A.Utemuratovdan undiruvchi N.Sultanovaning foydasiga iki nafar farzandlari ta’minoti uchun qarzdorning har oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan va hozirgi kunga qadar aliment nafaqasi oyma-oy undirib kelingan.

Shu munosabat bilan, davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan targ‘ibot tadbirlari va huquqiy tushintirish natijasida taraflar yarashtirildi va oila tiklandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘iston Respublikasida Byuro xodimlari aliment undiruvlariga alohida e’tibor qaratishmoqda