1 440
Navoiyda haydovchi YPX xodimiga pora tariqasida bergan 100 dollar pulini yutib yubordi
Foto: Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Navoiy shahrida yo‘l-patrul xizmati xodimiga bergan porasini yutib yuborgan qonunbuzarga chora ko‘rildi, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, Navoiy shahar hududida joylashgan «Qarnab» kuzatuv blok postida 1-smenada xizmat olib borish uchun jalb etilgan YPX inspektori safdor Zafar Muhammadov Qarnab—Navoiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia-1 avtomashinasini haydovchi xavfsizlik kamaridan foydalanmasdan kelayotgani sababli to‘xtatgan.
Haydovchining hujjatlari tekshirilganda toshkentlik haydovchi M.A davlat raqami belgisini o‘zgartirgani aniqlangan. YPX xodimi tegishli tartibda hujjat rasmiylashtirib, avtomashina jarima maydoniga olib borgan. Qoidabuzar fuqaro M.A esa YPX inspektoriga mashinasini qaytarib berish evaziga 1 million so‘m pul berishini aytgan.
M.A xodimning bir necha marotaba pora berish qonuniy javobgarlikka olib kelishi haqidagi ogohlantiruviga qaramay, taklifini to‘xtatmagan. Shundan so‘ng safdor Muhammadov viloyat IIB boshlig‘i nomiga o‘z bildirgisi bilan murojaat etgan. Ertasi kuni fuqaro YPX inspektori bilan uchrashib 100 dollarni unga bergan. U holatni o‘rganish uchun kelgan xodimlarni payqagan zahoti pulni olib yutib yuborgan.
Tibbiyot xodimlari M.A.da endoskopik tekshiruv o‘tkazib, oshqozonidagi 100 dollarni olgan. Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi