
Buxoro viloyatida «B.F.» MCHJ rahbari (muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun 2 marotaba sudlangan) N.M. va fuqaro I.G.lar oldindan til biriktirib, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida «S.A.» AJ nomidan 27 nafar fuqaroga Buxoro - Domodedovo yo‘nalishi bo‘yicha qalbaki aviachipta rasmiylashtirib bergan.
Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, qalbaki chiptalardan tushgan jami 52,7 mln so‘mni ular firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar